Evropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen Evropani Rossiya gazidan butunlay voz kechishga tayyorlanishga chaqirdi. Bu haqda u DPA agentligiga bergan intervyusida gapirdi, deya yozmoqda Zamon.uz'.
“Hozirgi vaqtda Rossiya EIga a`zo 12 davlatga qisman gaz sotyapti yoki butunlay etkazib bermayapti. Shuning uchun Evropa eng og`ir ssenariyga: ertami-kechmi etkazib berishning butunlay to`xtatilishiga tayyor turishi kerak”, – degan siyosatchi.
Shu bilan birga u Evroittifoq davlatlarini gazga kuchli qaram bo`lmagan davlatlarni boshqalar bilan yoqilg`i bo`lishishi zarurligini ta`kidlagan.
“Energetik birdamlik Evropa shartnomalarining asosiy tamoyili hisoblanadi”, – deb qayd etgan der Lyayen.






