Andijonning eng boy odamlaridan biri, taniqli tadbirkor, “Rash milk”, “Recosement” korxonalari egasi Rahmiddin Mirzaev o`z joniga qasd qilgani aytilmoqda. U nega bunday qilgan hozircha noma`lum, mazkur voqea yuzasidan tegishli organlar o`rganish ishlarini olib borilayotgani ma`lum qilindi.
“G`oyalari, rejalari katta edi. Doim katta marralar haqida o`ylardi. So`nggi bor o`tgan hafta Sho`rchi tumanidagi qurilishi boshlangan masjidga yordam jo`natganda ularning haqlariga g`oyibona duolar qilib eslagandik. Sportni yaxshi ko`rardi. Talimni rivojlantirish tarafdori edi. Homiylik ishlari ko`p edi ”, — deb yozgan jurnalist Xurshid Daliev o`zining Telegram kanalida.






