AsosiyDunyo

Evropaning gazga bo`lgan ehtiyojini qoplash imkoni bor – Lavrov

'Evropaning gazga bo`lgan ehtiyojini qoplash imkoni bor – Lavrov'ning rasmi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Shimoliy oqim-2” Evropaning gazga bo`lgan ehtiyojini to`liq qoplashini ma`lum qilgan. Bu haqda Zamon.uz  Sputnikga tayanib xabar bermoqda.

“Ushbu gaz quvuri Evropaning barcha ehtiyojlarini qondirishga tayyor holatda. Ammo Evroittifoqning siyosiy qarorlari tufayli ishga tushirilmagan”,  – degan diplomat.

Shuningdek, vazir Siemens turbinalari bo`yicha moskvaga to`liq tushuntirish berilmaganini aytgan.

Ma`lumot o`rnida: “Shimoliy oqim-2” (“Nord stream-2”) Rossiya va Germaniya o`rtasidagi Boltiq dengizi tubidan o`tgan magistral gaz quvuri bo`lib, uzunligi 1 234 kmni tashkil qiladi. Qurilish ishlari 2016 yilda boshlangan bo`lib, 2021 yilda yakunlangan. Ushbu noyob loyihada quvurlar to`liq dengiz tubidan o`tadi hamda Rossiya, Finlyandiya, Shvesiya, Daniya va Germaniya hududiy suvlariga yotqizilgan. 

Rossiya-Ukraina o`rtasida harbiy mojaro boshlangach, EI quvurga sanksiya joriy etdi.

Avvalroq Germaniya kansleri Moskvani gaz etkazib berishda ishonchsiz hamkor sifatida ayblagandi.

    Boshqa yangiliklar