AsosiyJinoyat

Ohangaronda tadbirkorning 500 AQSh dollarini qo`lga kiritmoqchi bo`lgan shirkat rahbari ushlandi

'Ohangaronda tadbirkorning 500 AQSh dollarini qo`lga kiritmoqchi bo`lgan shirkat rahbari ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektining huquqlarini himoya qilish yuzasidan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, Ohangaron tumanidagi “G`.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari M.S. shirkat hududida joriy ta`mirlash ishlarini bajargan “P.S.” MChJ rahbari E.dan MChJ hisob raqamiga amalga oshirilgan ishlar uchun shartnomaga asosan pul o`tkazib berish evaziga 500 AQSh dollari talab qilib, shundan 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar