Rossiya O`zbekistonga maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarini berdi. Bu haqda rus nashriga tayanib Zamon.uz' yozmoqda.
Bundan tashqari, Armaniston, Qozog`iston va Turkmanistonga ham shu kabi tizimlar taqdim etilgan.
Oy oxiriga qadar Misr, Kongo, Uganda va Efiopiyaga ham testlar berilishi aytiladi.
Ma`lumot uchun, ayni paytga qadar dunyoda maymunchechakdan 16 mingdan ortiq kasallanish holatlari aniqlangan. Kasallik jahonning 70 dan ortiq davlatlarida tarqalib ulgurgan.