Uning yonidan o`tkir tig`li pichoqlar va shurup qotirish uskunasi topilgan.
Hodisa joriy yilning 20 iyul kuni soat 15:44 da Chorguzar ko`chasidagi tug`uruqxonada ro`y bergan. Asakalik 1978 y.t. R.D tug`ruqxona bosh shifokori Q.S.ning xizmat xonasiga kirib, eshikni ichki qismidan qulflab olgan holda uni o`ldirish bilan tahdid qilgan. Bu haqda Zamon.uz' bergan xabarda so`z boradi.
Unga ko`ra, erkak tug`uruq vaqtida vafot etgan farzandining o`limida shifokorlarni ayblab, bu ishga qo`l urgan. Xodimlar voqea joyiga etib borib, huquqbuzardan eshikni ochishni so`raganda, R.D prokurorni chaqirishni talab qilgan.
Andijon shahar IIO va FMB rahbarlari, Andijon shahar prokurori voqea joyiga etib kelib, R.D.ni eshikni ochishga ko`ndirgan. THG xodimlari xonaga kirganda huquqbuzarning yonida o`tkir tig`li pichoqlar va shurup qotirish uskunasi borligi aniqlangan. Ushbu hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo`q.
Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.






