AsosiyJamiyat

Yil yakunigacha 2,3 million nafar xotin-qiz birlamchi onkologik skrining tekshiruvidan o`tkazilishi va`da qilinmoqda

'Yil yakunigacha 2,3 million nafar xotin-qiz birlamchi onkologik skrining tekshiruvidan o`tkazilishi va`da qilinmoqda'ning rasmi

Sog`lom farzand tug`ilishi, avvalo, onaning salomatligiga bog`liq. Qolaversa, zamonaviy tibbiyotda chaqaloqda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan turli nuqsonlar va xastaliklarni homiladorlikning dastlabki bosqichidayoq aniqlash hamda bartaraf etish imkoniyati yaratilgan.

Yurtimiz sog`liqni saqlash tizimida joriy yilning o`tgan 6 oyida bu borada quyidagi ishlar amalga oshirildi:

643 ming nafar xotin-qiz skrining tekshiruvlaridan o`tkazilib, kasalliklar aniqlangan 3214 nafaridan 2983 nafari (93 foizi) sog`lomlashtirildi.

Prenatal ultratovush tekshiruvidan o`tkazilgan 333,5 ming nafar bo`lajak onaning 7,9 ming nafarida homilasida nuqson va akusherlik patologiyasi aniqlanib, zarur choralar ko`rildi.

Toshkent shahrining barcha tug`uruqxonalarida chaqaloqlarda eshitish nuqsonlarini erta aniqlashga qaratilgan audioskrining joriy etildi.

Shu yil 1 iyuldan boshlab bolalar, homilador va bola emizuvchi ayollarni maxsus profilaktik dori-darmonlar, 3-15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan bepul ta`minlashga kirishildi.

Respublika “Ona va bola skriningi” markazi 38,4 million so`mlik gematologik analizatorlar, Nukus, Buxoro, Samarqand, Farg`ona “Ona va bola skriningi” markazlari esa 1,1 millird so`mlik raqamli mikroskoplar hamda laboratoriya uskunalari bilan ta`minlandi.

Yil yakuniga qadar:

2,3 million nafar xotin-qiz birlamchi onkologik skrining tekshiruvidan, 18 yoshgacha bo`lgan 11 million nafardan ziyod bolalar esa pediatr, stomatolog, endokrinolog va ortoped ko`rigidan o`tkaziladi.

Barcha tug`ish yoshidagi ayolllarning yagona elektron bazasi yaratiladi.

- 400 ming nafar homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 4 million nafar 3-15 yoshdagi o`g`il-qizlar yod preparati bilan ta`minlanadi.

- 2 million nafar 15-35 yoshgacha tug`ish yoshidagi ayollar temir va foliy kislotasi preparati bilan ta`minlanadi.

Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo`yilgan 75 nafar bolaga zarur dori vositalari etkazib beriladi.

    Boshqa yangiliklar