1

Qashqadaryo “Yoshlar turizmi” qurultoyiga mezbonlik qiladi

Madaniyat 31.07.2022, 12:35
Qashqadaryo “Yoshlar turizmi” qurultoyiga mezbonlik qiladi

Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan joriy yilning 8–12-avgust kunlari “Yoshlar turizmi” qurultoyi o`tkaziladi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.  

Ushbu tadbir O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 aprelda qabul qilingan Ichki turizm xizmatlarini diversifikasiya qilishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida" qarori ijrosini ta`minlash maqsadida tashkil qilinmoqda.  

Qurultoyda 800 nafar ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Xususan, MDH davlatlaridan (Tojikiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkmaniston) yoshlar Shahrisabz tumaniga tashrif buyuradi.

Shuningdek, Abbos Sulaymonov, Husnora Shodieva, Ruxsora Masharipova, Elyor Meliboev, Hojiakbar Ro`zmetov kabi yoshlar orasida mashhur bo`lgan bloger va xonandalar ham ishtirok etadi.

“Lochin” oromgohida boshlanadigan tadbirdan  kitobxonlik, mahorat darslari, milliy va etnosport turlari bo`yicha sport musobaqalari, madaniy ko`ngilochar tadbirlar, gala-konsert va boshqa tadbirlar o`rin olgan. Shuningdek, yoshlar taniqli teatr va kino ijodkorlari bilan ijodiy muloqot qilish imkoniga ega bo`lishadi.  

Bundan tashqari, qurultoy doirasida ishtirokchilar uchun turizm obektlariga sayohatlar uyushtirilishi rejalashtirilgan. Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari uchun infotur ham tashkil qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1