"Osiyo bolalari-2022": sal kam 30 medalga ega O`zbekiston nechanchi o`rinda ketmoqda?

Sport 31.07.2022, 21:27
"Osiyo bolalari-2022": sal kam 30 medalga ega O`zbekiston nechanchi o`rinda ketmoqda?

Rossiya Federasiyasining Vladivostok shahrida o`tayotgan VII "Osiyo bolalari" sport o`yinlarining uchinchi kungi bellashuvlari yakunlandi.

Uchinchi kungi bellashuvlar O`zbekiston vakillari uchun omadli keldi, deya xabar bermoqda Sportni rivojlantirish vazirligi.

Ma`lum qilinishicha, o`zbeklar bellashuvlarda suzish, engil atletika, yunon-rum kurashi, taekvondo, stol tennisi va badiiy gimnastika bo`yicha 23ta medal qo`lga kiritishdi.

Shu tariqa, VII "Osiyo bolalari" sport o`yinlarida  O`zbekiston delegasiyasi uchinchi kungi bellashuvlardan keyin 6ta oltin, 10ta kumush va 13ta bronza, jami 29ta medal bilan 5-o`rinda bormoqda.

Ular quyidagi sport turlari bo`yicha g`olib va sovrindor bo`lishdi:

Suzish: 1ta kumush, 2ta bronza,

Stol tennisi: 1ta kumush, 1ta bronza,

Engil atletika: 2ta oltin, 1ta kumush va 4ta bronza,

Badiiy gimnastika: 2ta kumush, 3ta bronza

Taekvondo: 3ta oltin, 2ta kumush va 2ta bronza,

Yunon-rum kurashi: 1ta oltin, 3ta kumush va 1ta bronza.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1