AsosiyDunyo

Bayden topshirgan test yana ijobiy natijani ko`rsatdi

'Bayden topshirgan test yana ijobiy natijani ko`rsatdi'ning rasmi

Sal avval, 21 iyul tongida AQSh rahbari Covid-19' uchun sinovdan o`tgan test ijobiy natijani ko`rsatgandi

Qayd etilishicha, bu Qo`shma Shtatlar rahbarida kasallik aniqlanganini aks ettirgan ikkinchi test bo`lgan. Shundan so`ng uning ish faoliyati masofadan olib borilishi atilgandi. 

Bir muddat o`tib Jo` yana koronavirusga test topshirgan, ammo natija bir-ikki salbiydan so`ng yana ijobiyni ko`rsata boshlagan. Biroq Baydenda avvalgidek aniq belgilarning o`zi yo`q, shifokor so`zlariga ko`ra, u o`zini "etarlicha yaxshi" his qilmoqda.

"Seshanba kuni kechqurun, chorshanba kuni ertalab, payshanba va juma kunlari salbiy testdan so`ng prezident shanba kuni kechqurun ijobiy natijalarni oldi", -  deydi shifokor.

Eslatib o`tamiz, AQSh rahbari 10 kun avval koronavirusning o`ta og`ir holatlarida qo`llanuvchi Paxlovid’ni qabul qilishni boshlagandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar