AsosiyJamiyat

Muqimiy va Rustaveli ko`chalaridagi yo`l o`tkazgich qachon foydalanishga topshirilishi ma`lum bo`ldi

Qurilish ishlari may oyida boshlagan Toshkentning Muqimiy va Shota Rustaveli ko`chalari kesishmasidagi avtomobil yo`l o`tkazgichi shu kabi sun`iy inshootlar ichida birinchisi bo`ladi

150 daraja radiusli yoysimon shaklga ega noyob ob`ekt har bir ko`cha markazidagi tayanch konstruksiyalar bo`ylab joylashgan, deb xabar beradi “Gazeta.uz” “O`zbekiston temir yo`llari” AJ axborot xizmati ma`lumotlariga asoslanib. 

Muqimiy va Bobur ko`chalarini bog`lovchi yo`l o`tkazgichning umumiy uzunligi 1 kilometrga yaqinroqni tashkil etadi.

Bu erda piyodalar uchun o`tgan yili Hadra maydonida qurilgani kabi er usti o`tish yo`li barpo etilib, lift va eskalatorlar bilan ta`minlanadi.

Temiryo`lchilar ishtirokida yana bir ob`ekt — Oqtepa maydonida transport bog`lamasi bunyod etilmoqda.

Bu erda Bo`rjar anhori orqali suv o`tkazuvchi quvur qurilib, mazkur beton konstruksiya bo`ylab avtomobil yo`li o`tadi. Anhordan o`tuvchi ko`prik ham kengaytirilmoqda.

Qurilayotgan ikkita er usti piyodalar yo`lagi loyihasida lift va eskalatorlarning bo`lishi ko`zda tutilgan.

Loyiha doirasida o`tkazish qismlarini kengaytirish bilan bog`liq ta`mir ishlari Nurafshon ko`chasida ham olib borilmoqda. Bunyodkorlik ishlari muqaddam tramvay yo`li yotqizilgan ko`chalar — Oqtepa maydonidan Muqimiy ko`chasi bo`ylab, so`ngra Shota Rustaveli va Qushbegi ko`chasidan Kichik halqa yo`li bilan Shimoliy vokzal orqali Taraqqiyot ko`chasiga qadar olib borilmoqda.

Barcha ob`ektlardagi qurilish va rekonstruksiya ishlari sentyabr oyiga qadar yakunlanadi.

Boshqa yangiliklar