Joriy yilning 26 iyulidan boshlab Koreya Respublikasiga borayotgan yo`lovchilar majburiy ravishda ushbu mamlakatga kirishlari bilan bir kun ichida PZR-test topshirishlari lozim, deya xabar bermoqda "Uzbekistan Airways".
Qayd etilishicha, oldin test topshirish muddati 3 kun etib belgilangan edi.
Koreya Respublikasi fuqarolari, shuningdek, mamlakat hududida uzoq muddat asosida istiqomat qiluvchi xorijiy shaxslar mahalliy ma`muriyatlar huzuridagi tibbiyot muassasalarida bepul test topshirishlari mumkin.
Mamlakatga qisqa muddatga tashrif buyuruvchi yo`lovchilar aeroportning maxsus markazlarida to`lov asosida PZR-testini topshirishlari mumkin.






