"Obrazga o`g`limning tashqi ko`rinishi, mahorati to`g`ri kelar ekan, nega uni aktyor sifatida rolga olishim kerak emas?!"

Madaniyat 02.08.2022, 19:18
"Obrazga o`g`limning tashqi ko`rinishi, mahorati to`g`ri kelar ekan,  nega uni aktyor sifatida rolga olishim kerak emas?!"

«Meros» filmi rejissyori Hilol Nasimov "bosh rolni yana o`g`liga beribdi" degan fikrlarga o`z munosabatini bildirdi.

Hilol Nasimov,  rejissyor:

- O`zbekistonda bilishar,  "Meros"  bosh rol ijrochisi mening o`g`lim ekanini, lekin xalqaro kinofestival tashkilotlari bundan xabari yo`q.  Aytmoqchimanki,  ular aktyor ijrochisi sifatida baho berib, bizni taklif qilishdi, sovrin berishdi. Barcha xarajatlarni o`z zimmasiga olishgan.  

Festivalda esa shaxsan rejissyor Sergey Rusakovning o`zi aktyorlik mahoratini tan oldi. Ustiga-ustak o`g`lim o`z mutaxassisligi bo`yicha ishlayapti. Obrazga uning tashqi ko`rinishi, mahorati to`g`ri kelar ekan, nega uni aktyor sifatida rolga olishim kerak emas?!

Shu o`rinda yana bir gap,  men hatto borganda ham o`g`lim ekani haqida bir og`iz gap ochmadim.  Faqatgina sovrin berilgandan so`ng so`zga chiqqanimda aytdim.

Ma`lumot uchun, Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan «Meros» filmi iyul oyida Hindistonda o`tkazilgan “Oltin tulpor” xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi xorijiy film” nominasiyasi bo`yicha g`olib bo`lgan edi. Film ushbu kinofestivalda “Eng yaxshi rejissyorlik ishi” nominasiyasi bo`yicha ham e`tirof etildi. Mazkur film may oyida Rossiyada bo`lib o`tgan “Zolotoy Vityaz” kinoforumida “Qozoq va o`zbek xalqlari o`rtasidagi an`ana va munosabatlarning umumiyligi mavzusini ochib bergani uchun” maxsus diplom bilan taqdirlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1