AsosiyJamiyat

Toshkentda o`quvchini maktab devori bosib qolgani yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berildi

'Toshkentda o`quvchini maktab devori bosib qolgani yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berildi'ning rasmi

Avvalroq joriy yilning mart oyida Toshkent shahri Olmazor tumani 234-sonli maktabda o`quvchini maktab devori bosib qolgani haqida xabar bergan edik.

Xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, maktab ma`muriyati mazkur o`quvchining o`limini yashirishga uringani, maktabning qulab tushgan holati avariya ekani, umuman, maktab direktori faoliyati tanqid qilingan edi. Ushbu holat yuzasidan rasmiylar o`z munosabatini bildirishdi.

"Mazkur holat yuzasidan ayni paytda tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda. Bu haqda keyinroq batafsil axborot beramiz", deyiladi Toshkent shahar XTBB matbuot xizmati rasmiy munosabatida.

    Boshqa yangiliklar