AsosiyDunyo

Ka`ba atrofidagi to`siq olib tashlandi (video)

'Ka`ba atrofidagi to`siq olib tashlandi (video)'ning rasmi

 Bugun xorij va mahalliy sayt va ijtimoiy tarmoqlarda Ka`ba atrofidagi to`siq olingani haqida xushxabarlar tarqaldi. Ularning orasida ayni vaqtda Makka shahrida bo`lib turgan o`zbekistonlik ziyoratchilar ham borligi quvonarli hol. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati yozdi.

 Endilikda butun dunyo musulmonlari qatori o`zbekistonlik ziyoratchilar ham Ka`bai muazzamani qo`li bilan ushlab, Hajarul-asvadni o`pib, tavof qilish imkoniga ega bo`lishdi.

 Ma`lumot uchun, Koronavirus sabab 2020 yilda Ka`ba atrofida to`siq qo`yilib, umra yo haj qiluvchilarga masofadan turib tavof qilishayotgan edi.  

Eslatib o`tamiz, “Haj – 2022” mavsumida muborak ibodatni ado etgan hojilarimiz shu yil 4 avgust kuniga qadar yurtimizga qaytishi reja qilingan.

 Alloh taolo barcha mo`min-musulmonlarga Ka`bai muazzamani tavof qilishni nasib aylasin!

    Boshqa yangiliklar