Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi jonli otishma bilan keng ko`lamli harbiy mashg`ulotlarni boshladi. Ular Tayvan atrofidagi oltita hududda bo`lib o`tadi, deya xabar berdi Xitoy markaziy televideniesi. Bu haqda "kommersant.ru" yozmoqda.
Ma`lum qilinishicha, mashqlar mahalliy vaqt bilan soat 12:00da boshlandi va 7 avgustga qadar davom etadi.
Joriy mashqlar 2 avgust kuni, AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga kelgan kuni e`lon qilindi, bu Xitoy rasmiylarining noroziligiga sabab bo`ldi va Xitoy-AQSh munosabatlarini keskinlashtirdi. Pelosi xonim Amerika delegasiyasi hamrohligida Osiyo safari doirasida orolga uchib ketdi. U yaqin orada Malayziya, Singapur, Yaponiya va Janubiy Koreyaga ham tashrif buyuradi.
Mashqlar paytida Xitoy hukumati Tayvanga parvozlarni chekladi. Taqiq orol atrofidagi oltita zonaga tegishli. Bundan tashqari, Xitoy Tayvanga qum etkazib berishni ham to`xtatdi va Tayvan mahsulotlarining ayrimlarini import qilishni taqiqladi.