Toshkentda hunarmandlar, rassomlar, gastro-havaskorlar va musiqachilar festivali bo`lib o`tadi

Madaniyat 04.08.2022, 17:01
Toshkentda  hunarmandlar, rassomlar, gastro-havaskorlar va musiqachilar festivali bo`lib o`tadi

Joriy yilning 6 va 7-avgust kunlari Toshkent shahrida joylashgan Mirzo Ulug`bek nomidagi markaziy istirohat bog`ida  “YANGIAMARKET” hunarmandlar, rassomlar, gastro-havaskorlar va musiqachilarning ikkinchi festivali bo`lib o`tadi.  Festival O`zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi ko`magida hamda "EXPRESS 24" xizmati hamkorligida tashkil etilmoqda. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

“YANGIAMARKET” – yangi formatdagi tadbir bo`lib, biznes, madaniyat va san`atning ko`plab sohalari vakillarini o`zida jamlaydi. Tadbir doirasida eng yaxshi yosh va istiqbolli dizaynerlar, hunarmandlar, bastakorlar va rassomlar, gastro-havaskorlar va o`z sohasining boshqa mutaxassislari o`z ishlarini taqdim etadilar.  

Ikki kunlik festival dasturidaSamocean (Samara dueti), DIOR (Moskva), Valeri (Toshkent), COC (Toshkent) kabi mahalliy va xorijiy yosh ijodiy guruhlar o`z musiqiy chiqishlarini namoyish qiladilar.  

Festivalga tashrif buyurgan mehmonlar “Varim Kofe” qahvalari, “LILICHA” choylari va "Testo by Zamira" mazali taomlaridan tatib ko`rishlari mumkin.

Ma`lumot uchun, festivalga kirish bepul.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1