Kecha, 5 avgust kuni Jizzax viloyatining Forish tumanida Isuzu yuk mashinasi va Neksiya-2 to`qnashdi. Oqibatda 5 kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
YTH 5 avgust kuni soat 7:00 lar atrofida Jizzax viloyatining Forish tumani hududidan o`tgan 4R-36 “Jizzax-Forish-Qizilcha” avtomobil yo`lining 46-kilometrida yuz bergan. 1976 yilda tug`ilgan Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Beshkaltak mahallasida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo`lgan Isuzu rusumli mashinani Jizzax-Forish yo`nalishida boshqarib ketayotganda uxlab qolishi natijasida qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketgan va Forish tumani Sayyod mahalla Jayraxona qishlog`ida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo`lgan Neksiya-2 rusumli avtomobil bilan to`qnashgan.
YTH oqibatida Neksiya-2 haydovchisi va uning 4 nafar yo`lovchisi voqea joyida vafot etgan.