Surxondaryo viloyatining Qumqo`rg`on tumanida tadbirkordan pul talab qilgan elektr ta`minoti korxonasi boshlig`i ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, departament hamda DXXning Qumqo`rg`on tumani bo`limlari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o`tkazilgan. Tadbirda tumani elektr ta`minoti korxonasi boshlig`i Yu.X. «M.M.» MChJning qurilish sexini elektr tarmog`iga qayta ulab berish evaziga koroxna rahbari U.R.dan pora talab qilgani aniqlangan.
U o`z xizmat xonasida 1 500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.