1

Qashqadaryoda 1,1 mlrd so`mlik suv quvurlari o`zlashtirib yuborilgan

Jinoyat 06.08.2022, 22:31
Qashqadaryoda 1,1 mlrd so`mlik suv quvurlari o`zlashtirib yuborilgan

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida 1,1 mlrd so`mlik po`lat suv quvurlarini o`zlashtirish holati aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Qashqadaryo suv ta`minoti” MChJ Muborak tumani filiali moddiy javobgar shaxslari va boshqalar tumanidagi “Ko`hnashahar” va “A.Temur” hududidan o`tuvchi uzunligi 2 500 metr bo`lgan bozor bahosi 1,1 mlrd so`mlik po`lat suv quvurlarini o`zlashtirish va rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1