1

Bugungi Toshkent 1994 yilgi Dubaydan zo`r — Jahongir Ortiqxo`jaev

Jamiyat 10.08.2022, 18:25
Bugungi Toshkent 1994 yilgi Dubaydan zo`r — Jahongir Ortiqxo`jaev

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev 8 avgust kuni turizmni rivojlantirish mavzusida bo`lib o`tgan brifingda bugungi poytaxt Dubaydan zo`r ekanligini ta`kidlagan. Bu haqda "UzReport" telekanali ma`lum qildi.

"Bugungi Toshkent 1994 yilgi Dubaydan zo`r. Buni aniq ayta olaman. Dubay 80 million odamni qabul qilyapti. Turizmga juda katta kuch berdi, katta imkoniyat yaratdi, neftga qarab qolmadi. Men o`ylaymanki, albatta, juda Dubayga etish qiyindir, lekin yaxshi orzu qilsak, qisman bo`lsa ham Dubaydek bo`lmaymizmi, to`g`rimi?" - deydi Jahongir Ortiqxo`jaev.

Brifingda "Salom, Tashkent" videoroligi namoyish etilgan. Shahar hokimi videorolik targ`iboti ta`sirida 20 kun, uzog`i bilan bir oy ichida poytaxtga sayyohlar "yomg`irdek" yog`ilishini aytgan va yil yakunida natijalar bo`yicha axborot berilishini ham ma`lum qilgan.

Hokimning bu fikri ham ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar sabab bo`lmoqda. 

" Bugungi Toshkent turistlar erkin, bemalol va arzon harakatlana olishi masalasida 1994 yilgi Dubaydan zo`r bo`lishi mumkin, lekin 1994 yilgi Toshkentdan zo`r emas, manimcha. 1994 yilgi Toshkentda taksi, avtobus va metrodan tashqari tramvay va trolleybus ham bo`lgan, shaharning jamoat transporti etib bormagan qismi deyarli bo`lmagan, intervallar hozirgidan qisqa bo`lgan va hokazo, va hokazo. 

Bundan tashqari, chang kamroq, soya ko`proq, parklar daraxtlarga to`la, quyuqroq bo`lgan, shahar ichida bir emas, bir necha plyajlar bo`lgan. 1994 yili Dubayda plyajlar bo`lmagan bo`lishi mumkin, lekin Toshkentda bo`lgan", – deydi A`zamxo`jaev.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1