Toshkentda yana bir qurilishi bitmagan bino yonib ketdi

Jamiyat 10.08.2022, 20:56
Toshkentda yana bir qurilishi bitmagan bino yonib ketdi

Bugun, 10 avgust kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan yangi qurilayotgan 5 qavatli binoda yong`in chiqdi.

FVV hodisa bo`yicha ma`lumotlarni taqdim etdi.

Qayd etilishicha,  4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji hodisa joyiga etib borib, hozirda yong`inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilgan.

"Yong`in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo`lish xolatlari yo`q",-deyiladi xabarda.

Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o`tamiz, bu Toshkentdagi qurilishi bitmagan binolar bilan bog`liq ilk hodisa emas. Bundan avvalroq Toshkentda barpo qilish jarayoni yakunlanmagan 12 qavatli bino yonib ketgani haqida ham xabar bergandik.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1