AsosiyJamiyat

Nukus vokzali rekonstruksiya qilindi(Foto)

Nukus temir yo`l vokzalida 5,5 milliard so`mlik rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda. 

Shu munosabat bilan o`tkazilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli bunyodkorlik ishlari tufayli maishiy va xizmat ko`rsatish ob`ektlari, servis shoxobchalari faoliyati yo`lga qo`yilayotgani aholining turmush farovonligi yuksalishiga xizmat qilayotgani ta`kidlandi. 

Zamonaviy me`moriy andozalarga mos tarzda qayta bunyod etilgan vokzal binosida bir vaqtning o`zida 400 yo`lovchiga, bir kecha-kunduzda esa 1 ming 800 yo`lovchiga xizmat ko`rsatish imkoniyati yaratildi. Yo`lovchilarni kutib olish va kuzatib qo`yish uchun 6 yo`lak barcha qulaylikka ega bo`ldi. 

Yo`lovchilar uchun VIP kutish zallari, ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, mehmonxona tipidagi dam olish xonalari, savdo shoxobchalari qurildi. Poezdlar yo`nalishi va qatnovi to`g`risida axborot beradigan elektron ma`lumotlar tablosi o`rnatildi. 1,4 gektar maydonni egallagan vokzal hududida keng ko`lamli obodonlashtirish ishlari olib borildi. Gulga burkangan yam-yashil xiyobon o`rtasida zamonaviy favvora qurilib, yo`lovchilarning hordiq chiqarishlari uchun qulaylik yaratildi. 550 metrlik ikki perronga zamonaviy plitalar to`shaldi.

    Boshqa yangiliklar