1

Qozog`istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid faoliyat boshladi

Dunyo 12.08.2022, 17:53
Qozog`istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid faoliyat boshladi

Bugun Qozog`iston poytaxtida o`z eshiklarini ochgan Markaziy Osiyodagi eng katta masjid Nur-Sultonning bosh masjidi deb ataladi. Bu haqda Nursulton Nazarboev Bosh masjidning ochilish marosimida aytib o`tdi, deb yozadi Zamon sayti.

10 gektarga qurilgan majmuaning umumiy maydoni 68 062 kvadrat metrni tashkil qiladi. Katta gumbazining balandligi 83,2 metr, diametri 62 metr. Masjid balandligi 130 metrlik to`rtta minorali.

Qozog`istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid faoliyat boshladi

Bundan tashqari, masjidning erosti qavatida 440 o`rinli ziyofat zali, 405 o`rinli yopiq avtoturargoh, qabulxona, hojatxona, texnik va marosimlarga xizmat ko`rsatish joyi, qurbonlik qilish joyi va boshqalar mavjud.

Qozog`istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid faoliyat boshladi

Birinchi va ikkinchi qavatlarda namoz o`qiladigan joydan tashqari darsxonalar, majlislar zali, nikoh zali, Qur`on o`qish zali, telestudiya, idoralar, xizmat xonalari, savdo do`konlari, muzey va texnik xonalar bor.

Qozog`istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid faoliyat boshladi

Masjid bag`riga 235 ming namozxonni sig`dira oladi: ochiq maydonda 200 000 ga yaqin, masjid ichiga esa 35 ming kishi sig`adi.

Qozog`istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid faoliyat boshladi

Sig`imi bo`yicha Nur-Sultondagi Respublika bosh masjidi dunyodagi eng yirik 10 ta masjid qatoriga kiradi.

Qozog`istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid faoliyat boshladi

Eslatib o`tamiz, mazkur masjidning ochilish marosimida O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov ham qatnashmoqda. Shuningdek, Misr Arab Respublikasi bosh imomi o`rinbosari, Azhari sharif vakili, doktor Muhammad Abdurrahmon ad-Duvayniy, Rossiya Federasiyasi musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy shayx Ravil Gaynutdin, Qirg`iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Zamir hoji Rakiev, Mongoliya musulmonlari idorasi raisi, muftiy Botirbek hoji Hadis hamda bir qator taniqli islom olimlari, imom-xatiblar, davlat va din arboblari ishtirok etmoqda.

Qozog`istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid faoliyat boshladi
Qozog`istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid faoliyat boshladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1