Qoraqalpog`iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o`rganish bo`yicha Komissiya a`zolari 2022 yilning 15 avgust kunidan yana Qoraqalpog`istonda ish boshladi.
Avval, shu kunga qadar to`plangan ma`lumotlar har tomonlama o`rganilayotgani ma`lum qilingan edi.
Navbatdagi o`rganish ob`ektlari avvalgi o`rganishlarda shu kunga qadar to`plangan ma`lumotlar tahlillari asosida tanlanib, ba`zi ma`lumotlarning qayta tekshirilishi ham ko`zda tutilgan.