AsosiyJamiyat

Toshkentdagi bog`chada bolaning yuzi kuyib jarohatlanganiga tibbiy vosita bilan bo`yoqlarni o`chirilgani sabab qilib ko`rsatilmoqda. IIBB tergovga qadar tekshiruv boshladi

'Toshkentdagi bog`chada bolaning yuzi kuyib jarohatlanganiga tibbiy vosita bilan bo`yoqlarni o`chirilgani sabab qilib ko`rsatilmoqda. IIBB tergovga qadar tekshiruv boshladi'ning rasmi

Internet tarmog`ida MTM tarbiyalanuvchisining yuz qismida “qizarib kuyish” alomatlari mavjudligi bo`yicha xabar tarqaldi. Mazkur holat bo`yicha Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 10 avgust kuni Chilonzor tumanida joylashgan xususiy maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyalanuvchisi 2019 yilda tug`ilgan M.A. qarovsiz qolgan vaqtida, ayollar sumkasida bo`lgan ayollarning ko`zga surtuvchi bo`yog`ini o`ynab yuz qismiga surtgan.  

Bu holatni ushbu tashkilotda tarbiyachi bo`lib ishlovchi 38 yoshli Zuxra A. ko`rib qolib, bolani yuzini tozalash maqsadida, “tibbiy vositalar”dan surtgan. Natijada, voyaga etmagan bolaning yuz qismi qizarib, kuyish alomatlari mavjudligi sababli tibbiyot muassasasiga murojaat qilingan. Bolaning olgan tan jarohatini aniqlash maqsadida, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Hozirgi kunda Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar