AsosiyJinoyat

Farg`onada soxta DXX xodimi qo`lga tushdi

'Farg`onada soxta DXX xodimi qo`lga tushdi'ning rasmi

Marg`ilon shahridagi umumiy o`rta ta`lim maktablaridan birining direktor o`rinbosari T.I. (ismi sharifi o`zgartirilgan) tovlamachilik yo`li bilan viloyatdagi tumanlardan birining xalq ta`limi bo`limi mudiri U.R. dan pul olayotganda ushlandi, deb yozmoqda O`zA.

Aniqlanishicha, T.I. o`zini tuman xalq ta`limi bo`limi mudiri U.R. ga “DXX viloyat boshqarmasi mas`ul xodimi” sifatida tanishtirib, uning ustidan ariza tushganligini ma`lum qilgan. Bo`lim mudiri har oyda maktab direktorlaridan pul talab qilib kelayotganligini, yaqinda yuqori lavozimga qo`yilgan ayoldan katta miqdorda pora olganligini isbotlovchi audio va video yozuvlar borligini aytib, uni javobgarlikdan qutqarib qolish evaziga 15 million so`m talab qilgan. 

DXX Farg`ona viloyati boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari bilan o`tkazilgan tadbirda T.I. ko`rsatib o`tilgan miqdordagi pulni olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo`lga olindi.  

Holat yuzasidan T.I.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar