Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchko`prik tuman bo`limi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, tuman markazidagi aviakassa atrofida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug`ullanib kelgan fuqaro U.R. fuqaro D.ga jami 3 250 AQSh dollarini 35,7 mln so`mga sotishga kelishib, shundan 1 750 AQSh dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






