Rio–2016 Olimpiada o`yinlarida dzyudo bo`yicha -66 kg. vazn tofidasida ishtirok etgan O`zbekiston vakili Rishod Sobirov bronza medalini qo`lga kiritdi.
Avvaliga janubiy koreyalik An Bolga qarshi bahsda mag`lubiyatga uchragan Rishod Sobirov bronza medali uchun o`tkazilgan o`tish bahsida avval dominikanlik Vander Mateoni, keyin esa sloveniyalik Adrian Gambochni taslim etdi.
Rishod Sobirov uchun mazkur bronza medali Olimpiada o`yinlaridagi uchinchisi bo`lidi. Eslatib o`tamiz, avvalroq -60 kg. vazn toifasida Diyorbek O`rozboev bronzaga ega bo`lgandi.





