“O`ztransgaz” “To`raqo`rg`on” issiqlik elektr stansiyasiga tabiiy gaz etkazib berishni tikladi. Bu haqda "O`ztransgaz" xabar qilmoqda.
Bundan avvalroq, Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumanidagi fermer xo`jaliklaridan biriga tegishli er maydonida dala ishlari olib borilayotgan vaqtda “To`raqo`rg`on” IES gaz taqsimlash stansiyaga tabiiy gaz etkazib beruvchi magistral gaz quvurining D-50 millimetrlik purkash moslamasiga shikast etkazilgani xabar qilingan edi. Natijada avariya holatini bartaraf etish uchun “To`raqo`rg`on” IES gaz taqsimlash stansiyasiga tabiiy gaz etkazib berish vaqtinchalik to`xtatilgandi.






