"Bu erda masala mutlaqo pulda emas"

Madaniyat 17.08.2022, 21:14
"Bu erda masala mutlaqo pulda emas"

Joriy yilning 18 avgust kuni O`zbekiston va Rossiya kinoijodkorlarining xalqaro terrorizmga qarshi kurash mavzusiga bag`ishlangan birinchi loyihasi “Baron–2: Sog`inch” filmining maxsus (yopiq) premerasi bo`lib o`tishi haqida xabar bergan edik.

Dastlab, "Yulduz" kinoteatrida soat 15:00 da OAV uchun matbuot anjumani hamda 16:00 da filmning maxsus premerasi o`tkaziladi.

Yopiq premeraga oz fursat qolgan ayni vaqtda Rossiyada xizmat ko`rsatgan artist badiiy filmning muvafaqiyati haqida to`xtalib o`tdi.

"Bu rol o`z vaqtida edi. Albatta, bu butunlay boshqacha. Chunki u xalq uchun o`ziga xosga aylandi va men uning etakchisiman. Tasavvur qilyapsizmi? Albatta, bu erda endi pul kerak emas. Bu erda masala mutlaqo pulda emas. Hozir mendan taksi ham pul olmayapti. Yo`q, aka olmayman degan so`zlarni eshityapman. Hattoki somsani bepul eyapman. Shunday ham bo`ldi. Ular evaziga shunchaki birga suratga tushishni so`rashyapti holos",-deydi Farhod Mahmudov hayajon va xursandchilik ichida.

Eslatib o`tamiz, mazkur film Inferno (Rossiya) va O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi tomonidan suratga olindi. Rejissyor Rustam Sa`diev. Filmda bosh rollarni Farhod Mahmudov, Kaan Urganjio`g`li, Igor Lifanov, Viktor Verjbitskiy, Viktoriya Tolstoganova ijro etgan.

Kartina real voqealarga asoslangan. Unda ikkala davlatning maxsus xizmati xodimlarining terrorchilik harakatlarining oldini olish bo`yicha hamkorlikdagi amalga oshirgan ishlari ko`rsatilgan.

S`yomka jarayonlari O`zbekistonda, shuningdek Turkiya, Misr, Shveysariya, Suriya va Rossiya kabi davlatlarida bo`lib o`tgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1