Nizomga muvofiq, oilaviy bolalar uyi tuman (shahar) hokimi qarori bilan tashkil etiladi. Bolalarni oilaviy tarbiyaga olish istagida bo`lganlar hokimlikka ariza beradi. Bunda nikohdan o`tgan, 35 yoshdan 60 yoshgacha fuqarolar tutingan ota-ona bo`lishi mumkin.
Oilaviy tarbiyalash uchun tug`ilganidan boshlab 18 yoshgacha bo`lgan bolalar beriladi. 10 yoshga to`lgan va undan yuqori yoshdagi bolalarni oilaviy bolalar uyiga faqat ularning roziligi bilan berish mumkin. Oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun 3 yoshdan kamida 3 nafar, lekin ko`pi bilan 5 nafar bola beriladi.
Oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilarning yashash xarajatlari davlat byudjetidan qoplanadi.
Tutingan ota-onalarga har bir tarbiyalanuvchi bolaning yashash xarajatlari uchun har oyda 7 yoshgacha bolalarga BHMning 5 baravari (1,5 mln so`m), 8-18 yoshdagilar uchun BHMning 7 baravari (2,1 mln so`m) miqdorida pul ajratiladi.






