AsosiyJamiyat

Xorazmda tadbirkor foydasiga 521 mln. so`mlik qarzdorlik undirildi

'Xorazmda tadbirkor foydasiga 521 mln. so`mlik qarzdorlik undirildi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosining Yangiariq tuman bo`limi ijro ishi yurituvida Bog`ot tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdordan undiruvchi mas`uliyati cheklangan jamiyat foydasiga jami 521,7 mln. so`m qarz undirish to`g`risidagi ijro hujjatlari bo`lim ish yurituviga 14.07.2022 yil kuni kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo`yicha davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritish to`g`risida qaror qabul qilinib, qarzdorga 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan va qarzdorning nomidagi mol-mulklarni aniqlash maqsadida, tegishli tashkilotlarga so`rovnomalar yuborilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor korxonadan jami 521,7 mln. so`m qarzdorlik pullari tadbirkor foydasiga to`liq undirilib, ijro ishi yuritish tamomlangan.

    Boshqa yangiliklar