Bugun kun davomida G3 va G4 darajaga ega 5-6 ballik magnit bo`ronlari bo`lishi prognoz qilinmoqda.
G4 darajalik magnit bo`roni yuqoriroq ta`sir kuchiga ega bo`lib, 6 ballik magnit maydon geomagnit po`rtana (shtorm) kuchiga ega. Bu kuch aloqa, elektr tarmoqlari, navigasiya tizimi, sun`iy yo`ldoshlar parvozi, quvur va trubalardagi induksiya harakati, geologik qidiruv ishlari hamda inson salomatligiga ta`sir ko`rsatishi mumkin.
Darvoqe, bugun kun davomida juda ham ko`pchilikda bosh orqa qismida karaxtlik va biroz ko`ngil aynish holatlari kuzatilishi mumkin.
18.08.2022 10:38
Bugun tush payti mmagnit bo`ronining 6 ballik o`ta faol bosqichi kuzatilishi aytilmoqda
