Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabariga ko`ra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda bo`lib to`lashlari mumkin:
- to`lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun 15 sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);
- to`lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);
- xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;
- tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlarga («super-kontrakt») o`quv yilining birinchi yarmi uchun to`lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari Davlat qabul komissiyasi tomonidan va qolgan qismi OTM rahbariyati tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.






