1

“ Bu film juda-juda uzoq kutilgan”. “Baron 2.Sog`inch” filmiga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi

Madaniyat 18.08.2022, 18:47
“ Bu film juda-juda uzoq kutilgan”. “Baron 2.Sog`inch” filmiga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi

18 avgust kuni “Kinochilar uyi”da “Baron 2.Sog`inch” filmiga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Unda kinofestival tashkilotchilari, xususan, Kinematografiya agentligi rahbariyati, filmning prodyuseri va suratga olish guruhi, boshrol ijrochilari, shuningdek, OAV vakillari, blogerlar, O`zbekistonning taniqli madaniyat vasan`at namoyandalari ishtirok etishdi.

Suratga olish ishlari O`zbekiston, Rossiya vaTurkiyada olib borilgan. O`zbekiston kinoamaliyotida birinchi marta lenta raqamli va uykinoteatrlari uchun yuqori aniqlikdagi tasvirlarnitaqdim etuvchi o`ta yuqori 4K rezolyusiyada suratga olindi.

Film nafaqat o`zbekistonliklar, balki chetelliklarni ham hurmatiga sazovor bo`lgan aktyorFarhod Mahmudov rolini mohirona gavdalantirgano`zbek razvedkachisi misolida, maxsus xizmatlarvakillari missiyasining murakkabligi haqida hikoya qiladi. Aktyor "Brigada", "O`zga sayyoraliklar", "Omonat", "Hayot sindromi" va boshqa filmlardasuratga tushgan.

– Muhtaram Prezidentimiz ta`kidlaganidek, Yangi O`zbekistonda madaniyat va san`at sohasida yaqin va uzoq xorijiy davlatlar bilan samaralihamkorlikni yo`lga qo`yishga katta e`tiborqaratilmoqda. Shu nuqtai nazardan ham “Baron 2: Sog`inch” kinokartinasi alohoda e`tiborgaega.“Baron 2. Sog`inch” – Yangi O`zbekistonda hamkorlikda suratga olingan ilk filmlarimizdan biri. Yashirmayman, bu film juda-juda uzoq kutilgan. Uni yaratish yo`lida rejissyor Rustam Sagdiev ba`zi qiyinchiliklarga duch keldi, shu sabablibiz ikkinchi prodyuser izlashga majbur bo`ldik. Biz Ivan Arxipov va uning “Inferno” prodyuserlik markazidan juda minnatdormiz, ular yuqori ishtiyoqbilan loyihani ishlab chiqarish va sarmoya kiritishda hamkorlik qildilar. Yangi g`oyalar paydo bo`ldi, skriptsezilarli darajada kengaydi. Yana bir ijobiytomoni shundaki, film 5 ta davlatdan eng taniqliaktyorlarni to`plagan. Biz uchun bu ham muhim, chunkiyaqinlashib kelayotgan XIV Toshkent xalqaro kino festivali doirasida biz dunyoning ko`plabdavlatlari bilan hamkorlik qilishnirejalashtirganmiz. Yangi qo`shma kino loyihalarni yaratish bo`yicha memorandumlar imzolanadi. Qaysidir ma`noda “Baron 2. Sog`inch” filmi ko`ptomonlama xalqaro hamkorlikning boshlanish ramzi hisoblanadi. Birinchi qismdan farqli o`laroq, "Baron-2" bugun, 18 avgust kuni Rossiyakinoteatrlarida namoyish etiladi. Bu esa Yangi O`zbekiston kinosi tarixida ilk bor mahalliy kinoloyiha xorijiy prokatdan tushgan foydadan o`zulushini olishi mumkinligini anglatadi”, — deyaizoh berdi O`zbekiston Kinematografiya agentligiBosh direktori Firdavs Abduxoliqov.

“Aminmanki, bunday filmlar biz uchun juda ahamiyatli. Ularni yaratish va ommaga etkazishkerak. Ushbu film global yovuzlik – terrorizmga qarshi kurashning o`ta muhim mavzusiga bag`ishlangan. Film ko`pchilikning ko`zini ochishiga va balki kimningdir hayotini saqlab qolishiga ishonaman. Ijodiy masalalardagi ba`zi farqlarga qaramay,oddiy so`z bilan aytganda, men bu ishdan shunchaki zavqlandim! Rustam Sagdiev va professional jamoabilan ishlaganimdan juda mamnunman. Filmni ishlab chiqarishda yordam bergan barchagaminnatdorchilik bildirmoqchiman. O`zbekiston Kinematografiya agentligiga alohida minnatdorchilik bildiraman. Agentlik rahbariyati ilk kunlardanoq film katta sahnalarga chiqishiuchun qattiq harakat qildi. Film nafaqat Rossiya, O`zbekiston, Tojikiston kinoteatrlarida, balki butun dunyoda namoyish etiladi,” - deydi filmprodyuseri Ivan Arxipov.

Matbuot anjumanidan so`ng barcha yig`ilganlar“Baron 2: Sog`inch” filmining yopiq premerasini tomosha qilishadi. Kinorejissyor Rustam Sagdiev, kinoprodyuser Ivan Arxipov, bosh rol ijrochilariFarhod Mahmudov va Dilnoza Kubaeva do`stonamuhitda premera bo`yicha savollarga javob berishdi.

-“Baron 2” da suratga tushish men uchun ajoyib tajriba bo`ldi. Qahramonim obrazi menga juda yaqin, qiziqarli va u tomoshabinlar qalbida aks-sado beradigan obraz ekanligini ayta olaman. Filmning birinchi qismi tomoshabinga yoqqanini inobatga olib, davomi ham bundan kam bo`lmagan qiziqish uyg`otishiga ishonaman. Suratga olish guruhining professionalligini alohida ta`kidlab, Kinematografiya agentligiga yordam va qo`llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Agentlikning amaliy yordami bo`lmaganida film yuqori saviyada katta ekranlarga chiqarilmagan bo`lar edi, deb o`ylayman. Shuningdek, bugungi kunda mamlakatlarimiz faol hamkorlik qilib, qo`shma loyihalar ishlab chiqarayotganligi uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga chuqur minnatdorchilik bildirmoqchiman”, - dedi bosh rol ijrochisi, aktyor Farhod Mahmudov.

Bugun mamlakatimizda shunday jiddiy va kengko`lamli o`zgarishlar amalga oshirilayotganidan judaxursandman. “Baron 2” kinofilmi ko-produksiyaformatida yaratilgan bo`lib, bu Kinematografiyaagentligi rahbariyati tomonidan juda muhimqadamdir. Rossiyalik hamkorlar bilan imzolanganshartnomaga ko`ra, kartina ikkita maqomga ega bo`ladi - to`liq metrajli film va serial maqomi. Bu esa turli sohalarda biz uchun kattaistiqbollarni ochadi”, - deya fikr bildirdi filmrejissyori Rustam Sagdiev.

Eslatib o`tamiz, “Ipak yo`li durdonasi” XIVToshkent xalqaro kinofestivali doirasida Rustam Sagdiev, Ivan Arxipov, Viktoriya Tolstoganova, IgorLifanov, Farhod Mahmudov, Viktor Verjbitskiylar ishtirokidagi filmning ijodiy jamoasi qizil yo`lakdan o`tgandan so`ng, film katta ekranlarda namoyish etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1