AsosiySiyosat

⚡️ “Mazkur terrorchilik xurujini qat`iy qoralaymiz”. O`zbekistonda Kobuldagi masjidda namoz paytida sodir bo`lgan portlash yuzasidan munosabat bildirdi

'⚡️ “Mazkur terrorchilik xurujini qat`iy qoralaymiz”. O`zbekistonda Kobuldagi masjidda namoz paytida sodir bo`lgan portlash yuzasidan munosabat bildirdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi joriy yil 17 avgust kuni Kobul masjidlaridan birida kechki namoz paytida sodir etilgan portlash yuzasidan bayonot berdi. 

“Portlash natijasida ko`plab insonlarning o`limi va jarohatlangani to`g`risidagi xabarni chuqur qayg`u bilan qabul qildik.

Mazkur terrorchilik xurujini qat`iy qoralaymiz hamda ushbu vahshiyona xatti-harakatning tashkilotchilari va ijrochilarini aniqlash bo`yicha barcha choralar ko`rilishiga umid qilamiz.

Halok bo`lganlarining oilalari va yaqinlariga chin dildan hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning sog`ayib ketishibi tilaymiz”, - deyiladi rasmiy bayonotda. 

    Boshqa yangiliklar