Evroittifoq Ukraina infratuzilmasining qish mavsumiga tayyorlanishi uchun 20 million evro ajratdi. Bu haqda Zamon sayti EIning Ukrainadagi vakolatxonasi bergan ma`lumotga tayanib xabar bermoqda.
Ushbu mablag`lar xarobalarni tozalash hamda infratuzilma ob`ektlarini ta`mirlash uchun sarflanadi. U BMTning Taraqqiyot dasturiga o`tkazib beriladi.
"O`ta muhim infratuzilmaning tezkor ta`mirlanishi, ayniqsa, yaqinlashib kelayotgan qish mavsumi oldidan eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bizning loyihadan ko`zlangan maqsad Ukrainani elektr, suv va issiqlik bilan ta`minlaydigan ob`ektlar faoliyatini qayta tiklash", — degan Taraqqiyot dasturining Ukrainadagi vakili Manal Fouani.
Bundan tashqari, Turkiya ham infratuzilma ob`ektlarini qayta tiklashga yordam berishni va`da qilgan.






