AsosiyJamiyat

UzAuto Motors: Chevrolet Tracker va Onix joriy yilda Spark va Nexia o`rnini egallaydi

'UzAuto Motors: Chevrolet Tracker va Onix joriy yilda Spark va Nexia o`rnini egallaydi'ning rasmi

Jahon avtomobilsozlik sanoatiga yarimo`tkazgichlar va logistika bilan bog`liq global inqirozlar, shuningdek, Sharqiy Evropada kuzatilayotgan geosiyosiy muammolar o`z ta`sirini o`tkazdi, bu ham ishlab chiqarish hajmiga, ham avtomobil narxi va uni kutish muddatlariga sezilarli ta`sir ko`rsatdi.

JD Power va LMC Automotive avtomobilsozlik sanoati tahlilchilarining hisobotiga ko`ra, AQShda iyun oyida avtomobillarning o`rtacha narxi rekord darajada 45 844 dollarni tashkil etdi, bu o`tgan yilga nisbatan 14,5 foizga ko`pdir.

Narxlarning ko`tarilishi Rossiyaning bozoriga ham o`z ta`sirini ko`rsatdi – 2022 yilda kompaniya avtomobillar narxini o`rtacha 30-40 foizga oshirdi.

Global kataklizm oqibatida avtomobil ishlab chiqarish hajmining kamayishi yuzaga keldi: Buyuk Britaniyada mikrochiplarning etishmasligi tufayli avtomobil ishlab chiqarish 41 foizga kamaydi va jahon avtomobilsanoati lideri Honda Motor ta`minot zanjiri va logistika bilan bog`liq doimiy muammolar tufayli Yaponiyada 2022 yilda rejalashtirilgan ishlab chiqarishni 30 foizga qisqartirishini ma`lum qildi.

Xuddi shu tendensiya Evropa Ittifoqi mamlakatlarida ham kuzatilmoqda. Evropa avtomobil ishlab chiqaruvchilar Assosiasiyasining hisobotiga ko`ra, Evropa Ittifoqida yangi engil avtomobillarni ro`yxatdan o`tkazish pasayishda davom etmoqda.

Yillik hisob-kitoblarga ko`ra, mavsumiy o`zgarishlarni hisobga olgan holda, AQShda yangi avtomobillarning umumiy savdosi iyun oyida 13,1 million donani tashkil etdi, bu o`tgan yilga nisbatan 2,3 million donaga kam.

Bu yil global avtomobil savdosi 81.4 million dona bilan oldingi holatini saqlab qolishi kutilmoqda. Chunki Xitoydagi mikrochip tanqisligi va kuzatilgan karantin savdo hajmiga o`z ta`sirini o`tkazdi.

Avtomobillarni kutish muddatiga e`tibor qaratsak, Honda Motor va Kia  joriy yilning mart oyida Janubiy Koreyadagi mijozlarga to`langan, ammo etkazib berilmagan avtomobillar soni jami 1 milliondan oshib ketib, ularning kutish muddati 18 oygacha etdi. Xuddi shu davrda Toyota Tundra’ning ba`zi versiyalarini AQShga etkazib berishni va`da qilmoqda. Yaponiya bozorida Toyota Land Cruiser 300 avtomobilining kutish muddati hali ham 4 yil.

UzAuto Motors AJ joriy yilning birinchi 6 oyligida 160 ming dona avtomobil ishlab chiqardi. Shuningdek iste`molchilarning talablarini inobatga olib, yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarishni yo`lga qo`ydi. Iste`molchilarning zamonaviy avtomobilga bo`lgan talabining ortib borayotganligi sababli, UzAuto Motors ishlab chiqarish liniyalarini bosqichma-bosqich yangi avtomobil modellariga o`tkazmoqda.

Detroytda General Motors kompaniyasi vakillari bilan modellar qatorini yangilash va ishlab chiqarish hajmini oshirish doirasida o`tkazilgan muzokaralarda, UzAuto Motors zavodi ishlab chiqarish quvvatini sezilarli darajada oshirish bo`yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, Chevrolet Tracker va Onix bilan bir qatorda Chevrolet avtomobillarining zamonaviy modellari bilan kengaytirish va ishlab chiqarilayotganlarini yangilash (facelift) bo`yicha ishlar olib borilmoqda.  

Aytib o`tadigan bo`lsak, joriy yilning iyul oyida Chevrolet Tracker avtomobili ishlab chiqarilishini yo`lga qo`ydi. Oradan bir hafta o`tgach, PPV bosqichida birinchi Chevrolet Onix avtomobilini ishlab chiqardi. 2023 yil boshida Chevrolet Onix avtomobilini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.   

Konveyerlarning yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarishga o`tkazilishi munosabati bilan, 2022 yil yakunida Chevrolet Spark va Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish to`xtatiladi. Qolgan butlovchi qismlar yil davomida ushbu avtomobil modellarining turli konfigurasiyalardagi so`nggi partiyalarini cheklangan miqdorda ishlab chiqarishni davom ettirish imkonini beradi. Bugundan boshlab, ushbu Chevrolet Spark va Nexia avtomobillari sotuvga chiqariladi.

Shuningdek, O`zbekistonda UzAuto Motors avtomobillariga bo`lgan talabning yuqori ekanligini inobatga olib, kompaniya Chevrolet Spark va Nexia avtomobillari eksport hajmining bir qismini ichki bozorga yo`naltirishga qaror qildi.

Chetga eksportga jo`natiladigan komplektasiyalar bir qator qo`shimcha opsiyalarni o`z ichiga oladi, jumladan: Evro 5 katalizatorli dvigatel, ERA-GLONASS tizimi, ikkita rangga ega bo`lgan korpus va boshqalar. Sotuvga chiqariladigan avtomobillar komplektasiyasiga qarab, kuchaytirilgan dvigatel, karter himoyasi, char qoplamali rul, qoraytirilgan orqa oyna, qo`shimcha dinamiklar, yon xavfsizlik yostiqchalari va mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi. 

    Boshqa yangiliklar