Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida 2,4 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O`zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,3 mln. nafarga yoki 2,2 baravarga oshgan.
O`zbekistonga 7 oyda oyda eng ko`p qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan? Ko`rsatkich quyidagicha:
— Qozog`iston – 716,7 ming nafar
— Qirg`iz R. – 675,1 ming nafar
— Tojikiston – 637 ming nafar
— Rossiya – 247,2 ming nafar
— Turkiya – 38,6 ming nafar
— Koreya – 8,4 ming nafar
— Germaniya – 8 ming nafar
— AQSh – 6,3 ming nafar
— Hindiston – 5,2 ming nafar
— Fransiya – 5,2 ming nafar
— Ozarbayjon – 5,1 ming nafar
— Isroil – 5 ming nafar
— Buyuk Britaniya – 4,7 ming nafar
— Italiya – 3 ming nafar
— Ispaniya – 2,5 ming nafar






