Rossiyalik harbiylar Ukrainada kamida 716 bolani yaraladi, 362 nafarini o`ldirdi, deya xabar bermoqda UNN.
2022 yil 19 avgust holatiga ko`ra, Rossiya Federasiyasining qurolli tajovuzi natijasida Ukrainada 1078 nafardan ortiq bola jabrlangan.
Qayd etilishicha, bu raqamlar hali hammasi emas. Chunki harbiy harakatlar olib borilgan joylarda, shuningdek, vaqtincha bosib olingan va ozod qilingan hududlarda qurbonlarning shaxsini aniqlash ishlari davom etmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, Donetsk viloyatida - 376 nafar, Xarkovda - 202 nafar, Kievda - 116 nafar, Chernigovda - 68 nafar, Luganskda - 61nafar, Nikolaevda - 60 nafar, Xersonda - 55 nafar, Zaporojeda - 40 nafar bolalar jabrlangan.
17 avgust kuni Xarkovdagi turar-joy binosiga otilgan snaryadlar natijasida 13 yoshli bola halok bo`ldi. Yana 2 nafar 12 va 13 yoshli bolalar yaralandi.
Rossiya qo`shinlari tomonidan bombardimon va o`qqa tutilishi natijasida Ukrainadagi 2328 ta ta`lim muassasasi zarar ko`rgan, shundan 289 tasi butunlay vayron bo`lgan.
20.08.2022 11:44
Ukrainadagi urush oqibatida nechta bolakay halok bo`lgani ma`lum bo`ldi






