Ijtimoiy tarmoqda Shahrisabzdagi tug`ruqxonada tug`ilgan chaqaloq ikki kun o`tib vafot etgani hamda chaqaloqning yaqinlari go`dak sog`lom tug`ilganini aytib, murojaat qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi ma`lumot berdi. Bu haqda Nasafnews xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli tug`ruq bo`limida 5 avgust kuni tug`ilgan go`dak 7 avgust kuni vafot etgan. Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O`sha kunning o`zida ish bo`yicha sudga oid tibbiy ekspertizasi hamda tibbiyot birlashmasi xodimlarining harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.






