Qoraqalpog`iston Respublikasining Nukus shahrida “Biz birgamiz, biz bir kuchmiz!” shiori ostida 5 km masofaga yugurish marafoni o`tkazildi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.
Marafonda Nukus shahrida joylashgan sport ta`limi muassasalaridan 300 nafar sportchi yoshlar, oliy ta`lim muassasalaridan 250 nafar talaba yoshlar hamda Nukus shahridagi mahallalardan 200 nafarga yaqin, jami 700 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
Eng yaxshi natija ko`rsatgan 6 nafar ishtirokchiga velosipedlar sovg`a qilindi. 100 nafar yoshlarga sport formalari topshirildi.