O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiyaning Mardin va Gaziantep provinsiyalarida yuz bergan yo`l harakati hodisalari oqibatida ko`plab insonlar qurbon bo`lgani munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdog`anga ta`ziya maktubi yo`lladi.
Davlat rahbari marhumlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlar tezda sog`ayib ketishini tiladi.
Eslatib o`tamiz, kecha, 20 avgust kuni Turkiyaning Mardin viloyatida 4 ta avtomashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgandi. Hodisa oqibatida 19 kishi halok bo`lgan va 26 kishi jarohatlangan. Ularning 6 nafari og`ir ahvolda.






