Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining boks bahslarida 49 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etayotgan o`zbekistonlik Hasanboy Do`stmatov ilk jangini g`alaba bilan yakunladi.
Meksikalik Xoselito Velaskesga qarshi kechgan bahsda O`zbekiston vakili hakamlarning yakdil qarori bilan 3:0 hisobida zafar quchdi.
Endi Do`smatov qozog`istonlik Birjan Jakipovga qarshi jang o`tkazadi.





