2022/2023 o`quv yili uchun davlat oliy ta`lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo`yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro`yxatdan o`tgan 10 031 nafar fuqaroning arizalari to`liq ko`rib chiqildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, jami qabul qilingan arizalar soni 5219 tani tashkil qildi.
Shundan:
xorijiy til sertifikatiga egalar — 4582 ta;
davlat stipendiantlari — 296 ta;
kimyo, biologiya va informatika yo`nalishlari bo`yicha imtiyozli diplom egalari — 159 ta;
kimyo, biologiya, fizika va informatika fan olimpiadalari g`oliblari — 12 ta;
ko`zi ojizlar toifasiga kiruvchi a`lo baholarga o`qigan bitiruvchilar — 170 ta.
Talabgorlar magistratura qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.






