Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Zomin tumani hududida ayiq ikki nafar fuqaroning umriga zomin bo`lganligi hamda ayiq ovchilar tomonidan o`ldirilganligi haqida xabar tarqaldi.
Mazkur holat Davlat ekologiya qo`mitasi tomonidan tezkor o`rganildi va ushbu xabar yolg`on, ya`ni “Fake” ekani ma`lum bo`ldi. Bu haqda qo`mita matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab bo`layotgan ushbu holat aslida Rossiya Federasiyasining Baykalorti o`lkasida sodir bo`lganligi aniqlandi. Bu haqida Rossiya Federasiyasi Amur viloyatining Hayvonot dunyosini muhofaza qilish boshqarmasi mas`ul xodimlari tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan.
Davlat ekologiya qo`mitasi yurtdoshlarimizdan bu kabi noto`g`ri ma`lumotlarga ishonmaslikni va O`zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq yolg`on xabarlar tarqatish javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida eslatib o`tadi.