AsosiyDunyo

Makron barcha mamlakatlarni Rossiya bilan murosa qilmaslikka chaqirdi

'Makron barcha mamlakatlarni Rossiya bilan murosa qilmaslikka chaqirdi'ning rasmi

Mamlakatlar Rossiyaga nisbatan zaifligini ko`rsatmasligi lozim va u bilan murosa qilmasligi kerak. Bu haqda 23 avgust, seshanba kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ma`lum qildi.

"Rossiya o`z zimmasiga olgan majburiyatlarga qaramay, o`z tanlovini qildi. Biz hech qanday zaiflik, murosa ruhini ko`rsatmasligimiz kerak, chunki bu hamma uchun va hamma narsaning erkinligi hamda dunyoning barcha burchaklarida tinchlik haqidadir", — dedi u.

Bundan tashqari, Makron Evropa davlatlari Ukrainani uzoq muddatda qo`llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta`kidlagan.

Ma`lum qilinganidek, AQSh, Fransiya prezidentlari va Germaniya kansleri Ukraina etakchisi Vladimir Zelenskiyni nazorat qilib, u ergashadigan siyosiy yo`nalishni tanlaydi. 

Qayd etilishicha, bu fikrni sharhlovchi Kristof Shlis Die Welt' nashriga bergan maqolasida bildirgan. Uning so`zlariga ko`ra, G`arb Ukrainadagi mojaro bo`yicha yakdil firga kelmagan. 

    Boshqa yangiliklar