Qo`shtepa tumanida o`zini elektr ta`minoti korxonasi nazoratchisi deb tanishtirgan firibgar qo`lga olindi

Jinoyat 24.08.2022, 14:40
Qo`shtepa tumanida o`zini elektr ta`minoti korxonasi nazoratchisi deb tanishtirgan firibgar qo`lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo`shtepa tuman bo`limi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro O.J. fuqaro S.ga o`zini elektr ta`minoti korxonasi nazoratchisi deb tanishtirib, uning xonadonidagi elektr tarmog`idan 5,4 mln so`m qarzdorligini yo`q qilib berish evaziga 3 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, ushbu pullarni qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

👉@Department_uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1