Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev rossiyalik jurnalist Dariya Dugina o`limini sharhlab, Kiev rejimi uzoq muddatli terror Ukraina tomonidandan tashqariga chiqishga harakat qilayotganini aytdi.
"Dariya Duginaning o`limidan ko`rish mumkinki, Ukraina va Donbassning millionlab aholisiga qarshi ko`p yillik terrorlardan so`ng bosqinchi Kiev rejimi endi Ukraina chegaralaridan tashqariga qadam tashlamoqchi", - deydi Patrushev.
Shuningdek, u Zelenskiyning so`zlariga ishonib bo`lmaydi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, Duginani o`ldirishda ishtirok etmaganligi va G`arbning reaksiyasi Kiev hokimiyatining mohiyatini tasdiqlaydi.
"Zelenskiyning so`zlariga allaqachon ishonch yo`q. Ukraina Prezidenti saylanganining dastlabki kunlaridanoq g`arbiy yolg`on imperiyasi tomonidan yozilgan ssenariy bo`yicha "o`ynab" kelmoqda... Ukrainaning boshqa rasmiylari va ularning G`arb homiylarining ushbu razil qotillik haqidagi shafqasiz munosabati, sodir etilgan jinoyatdan mamnunligini yashirmaydigan Kiev hokimiyatining asl mohiyatini yana bir bor tasdiqladi", - deya ta`kidlaydi Patrushev.
Ma`lumot uchun, 23 avgust kuni Ukraina Respublikasi Prezidenti Volodimir Zelenskiy jurnalist Darya Duginaning o`limiga shunday munosabat bildirgan.
"Bu, albatta, bizning mas`uliyatimiz emas. U bizning mamlakatimiz fuqarosi emas, u bizni qiziqtirmaydi va bu Ukraina hududida bo`lmagan ham",- degan Zelenskiy Qrim platformasi forumi yakunlari bo`yicha matbuot anjumanida.
Eslatib o`tamiz, Dariya Dugina 20 avgust kuni Moskva viloyatidagi shosseda sodir bo`lgan avtomobil portlashida vafot etgan. Jurnalistning o`ldirilishi ortida Ukraina maxsus xizmatlari turgani aytiladi.






